• Sherali Jo'rayev - Egasi bor yurt

    Sherali Jo'rayev

    Egasi bor yurt

    Ochsang davronlarning kitoblarini,
    Qancha karvonlarning ertagi bordur.
    Tingla donolarning xitoblarini:
    Egasi bor yurtning ertasi bordur.

    Dunyoni manzilu makonlarida
    Bir ro’zg’or but bo’lsa, to’rttasi xordur.
    Boqqil bu diyorning qo’rg’onlariga,
    Egasi bor yurtning ertasi bordur. {x2}

    Bunda oy quyoshdan chehralar olmish,
    O’g’il ham qizlarning erkasi bordur.
    Har aytgan so’zidan Vatan tug’ilgan,
    Egasi bor yurtning ertasi bordur. {x2}

    Millionlab o’zbekning umidlariga,
    Million bu ovozlar nomus ham ordur.
    Egasi bor yurtning eli xalq bo’lg’ay,
    Egasi bor yurtning ertasi bordur.

    Qaldirg’ochlarga ber ayvonlaringni,
    Qushning ham bek bilan bekasi bordur.
    Qaldirg’ochlarga ber ayvonlaringni,
    Qushning-da bek bilan bekasi bordur.
    Singiljon, ekaver rayhonlaringni,
    Egasi bor yurtning ertasi bordur. {x2}

    Singiljon, ekaver rayhonlaringni,
    Egasi bor yurtning ertasi bordur. {x2}