• Taqvodin aloqang shart uzgil, ey dil,
    Fano dayri ichra qur manzil, ey dil.
    May chalg`udin boshqa yo`q hosil, ey dil,
    Bir-bir aytdim, quloq sol, ey dil.
    Fano dayri ichra qur manzil, ey dil.
    Bir-bir aytdim, quloq sol, ey dil.
    Ey dil, ey dil, ey dil.

    Ey dil, ey dil, sen nega homushsan,
    Layloga oshiqsan, Layloga oshiqsan. (x2)
    Laylo, Laylo, Laylo, Laylo, Laylo… {x2}

    Qildik sayyidlikka ming xil sabab,
    Qatlimga gajjagi hindi bil sabab,
    Umrimga qomatin istar dil sabab, {x2}
    Jonimga so`zlovchi labu til sabab.

    Ey dil, ey dil, sen nega homushsan,
    Layloga oshiqsan, Layloga oshiqsan.
    Laylo, Laylo, Laylo, Laylo, Laylo… {x4}

    Jonona, qo`lingni tortma to`shimdan,
    Yuzimdan yuz olma, tan og`ushimdan,
    So`ylasam, qulog`ing uzma labimdan,
    Ajratma ruhimdan, aqlu hushimdan.

    Ey dil, ey dil, sen nega homushsan,
    Layloga oshiqsan, g`avg`oga qolibsan.
    Laylo, Laylo, Laylo, Laylo, Laylo… {x4}

    Taqvodin aloqang shart uzgil, ey dil,
    Fano dayri ichra qur manzil, ey dil.
    May chalg`udin boshqa yo`q hosil, ey dil, {x2}
    Bir-bir aytdim, quloq sol, ey dil, ey dil.

    Ey dil, ey dil, sen nega homushsan,
    Layloga oshiqsan, Layloga oshiqsan.
    Laylo, Laylo, Laylo, Laylo, Laylo… {x4}