Sherali Jo'rayev - Ey Dilorom

Sherali Jo'rayev

Ey Dilorom

Dilimda qolmadi tinchlik va orom,
Talab ketdi o’shal ma’shuqi bahrom.
Salom yetkur nigorimg’a sabo tez,
Borib anga degilki, ey Dilorom.

Ey Dilorom, ey Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom. (x2)

Qachon sendan yiroq bo’ldim chunon-a,
Na xush qoldi, na qoldi aqlu orom.
Yugurdim har taraf men misli Majnun,
Tilimda Layli noming subhidam, shom.

Ey Dilorom, ey Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom. (x2)

Yugurdim har taraf manzilma-manzil,
Talab aylab sani, ey, chehra gul qosh.
Na sendan bir xabar topdim, na payg’on,
Na sendan menga sog’ar bor, na bir jon.

Ey Dilorom, ey Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom. (x2)

Gajak zulfingga bo’ldim misli oftob,
To’lib poyingga zulfing tashlamish dor.

G’azal bitmakni qo’y endi, Nizomiy,
Tushib xilvatga cho’k sen zori nochor. (x2)

Ey Dilorom, ey Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom… (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey Dilorom
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 19, 2015