Savollarg`a javob bo`lsin qo`shiqlar,
Oshiqlarg`a kitob bo`lsin qo`shiqlar,
Tashnalarg`a gulob bo`lsin qo`shiqlar,
Zolimlarg`a azob bo`lsin qo`shiqlar.

Dunyo darvozasi ochilsin biza,
Guldan poyondozlar sochilsin biza,
Ey, jonim bir qo`shiq aytayin siza,
Dardlarga darmondek bo`lsin qo`shiqlar.

Ey jon, ey jon,
Ey jonim, bir qo`shiq aytayin siza,
Dardlarga darmondek bo`lsin qo`shiqlar. (x2)

Olamni ko`p kezdik, yeldik, yugurdik,
Gohida yig`ladik, gohida kuldik,
Bevafo dunyoni angladik, bildik,
Ahdu vafolarni aytsin qo`shiqlar.

Bevafo dunyoni angladik, bildik,
Ahdu vafolarni aytsin qo`shiqlar.

Ey jon, ey jon,
Ey jonim, bir qo`shiq aytayin siza,
Dardlarga darmondek bo`lsin qo`shiqlar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey jon
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016