• Sherali Jo'rayev - Fig'onkim

    Sherali Jo'rayev

    Fig’onkim

    Fig`onkim gardishi davron ayirdi o`z diyorimdan,
    G`amim ko`p, ey ko`ngul san bexabarsan, ohu-zorimdan.

    Bu borim ishq vodiysi, babarboddur bu zaqqum,
    Biyobonlarda Majnun to`tiyo izlab g`uborimdan. {x2}

    Qizil qondur sirishkim za’farondur chehrai holim, {x2}
    Meni kim ko`rsa, tark etmas xazon birla bahorimdan.

    Muhabbat dardida o`lsam, o`tib umrim ado bo`lg`ay, {x2}
    Qamishlar o`rniga mehrigiyo ungay mozorimdan. {x2}

    Adashgan kimsadek Furqat, qayon borgum bilolmasman,
    Qachon bo`lg`aykim topg`ayman xabar yor o`z diyorimdan. (x2)

    Qachon bo`lg`aykim topg`ayman xabar yor o`z diyorimdan…