• Sherali Jo'rayev - Gar kaklik oldirsa

    Sherali Jo'rayev

    Gar kaklik oldirsa

    Gar kaklik oldirsa jo`ja bolasin, {x2}
    Sayray-sayray izlamasdan bo`larmu?
    Gar bulbul yo`qotsa gulu lolasin, {x2}
    Hasratinda bo`zlamasdan bo`larmu?

    To`ka-to`ka ko`z yoshining bulog`in,
    Har kim izlar yo`qotsa gar bir yoshin, (x2)
    Oq jayron oldirsa qo`ldan ulog`in, {x2}
    Ma’ray-ma’ray izlamasdan bo`larmu?

    Oq jayron oldirsa qo`ldan ulog`in,
    Ma’ray-ma’ray izlamasdan bo`larmu?

    Ayroliqqa odam o`g`li naylasin,
    Kim qolar ko`rmayin ajal hiylasin? (x2)
    Maxtumquli, hayvonlar bilsa bolasin, {x2}
    Inson bag`rin tuzlamasdan bo`larmu?

    Maxtumquli, hayvonlar bilsa jigarin,
    Inson bag`rin tuzlamasdan bo`larmu? {x2}