• Topmadim izlab seningdek
    Bir guli zebo, go`zal.
    Ey go`zal, zebo go`zal, {x2}
    Barno go`zal, shahlo go`zal.

    Yuzlaringdek yuz qani,
    Shahlo ko`zingdek ko`z qani? (x2)
    Voh, so`zingdek so`z qani,
    Lafzi purma’no go`zal?

    Ey go`zal, zebo go`zal, {x2}
    Barno go`zal, shahlo go`zal.

    Tog`u tosh ham sen degay,
    Keksa va yosh ham sen degay, (x2)
    Oy-quyosh ham sen degay,
    Sen bilan dunyo go`zal!

    Bazmimiz obod etib,
    Bizlarni ham bir yod etib, (x2)
    Oshig`ingni shod etib,
    Kel o`zing, barno go`zal.

    Ey go`zal, zebo go`zal, {x2}
    Barno go`zal, shahlo go`zal.
    Ey, yor-a…