Sherali Jo'rayev - Gul ichida uchratdim

Sherali Jo'rayev

Gul ichida uchratdim

Gul ichida uchratdim,
Misli guldek jamoling,
Kuydirmagin nigorim,
O`zi kuygan bu jonim.

Gul ichida gulmisan
Yoki shirin tilmisan?
Yo gullarning ichida
Sayragan bulbulmisan?

Gul ichida gul bo`lsang,
Bulbuling man bo`loyin,
Agar sen bulbul bo`lsang,
Bog`da guling bo`loyin.

Beri kelgil ey go`zal,
Sevgi izhor etayin,
Beri kel so`zi asal,
Jamolingga to`yoyin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gul ichida uchratdim
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 11, 2016