Sherali Jo'rayev - Inson o'zing

Sherali Jo'rayev

Inson o’zing

Sobiti sayyorada
Inson o`zing, inson o`zing.
Mulki olam ichra bir
Xoqon o`zing, sulton o`zing. {x2}

Sobit o`z ma’vosida,
Sayyor fazo dunyosida,
Koinot sahrosida
Karvon o`zing, sarbon o`zing.

Koinot sahrosida
Karvon o`zing, sarbon o`zing.

Shams chun naqdingdadur,
Sayyoralar kaftingdadur,
Keng jaqon zabtingdadur,
Bog`bon o`zing, posbon o`zing.

Bu yorug` dunyo nadur,
Koshonadur, vayronadur,
Senga mehmonxonadur,
Mehmon o`zing, mezbon o`zing.

Sobiti sayyorada
Inson o`zing, inson o`zing.

Marsga ham uchguvchi sen,
Zuhroni uyg`otguvchi sen,
Uyquda qotguvchi sen,
Uyg`on o`zing, uyg`on o`zing.

Bunda oq birla qaro,
Zulmat ziyo, shohu gado,
Jang qilurlar doimo,
Ul yon o`zing, bul yon o`zing.

Xormisan yo gulmisan,
Tojdormisan yo qulmisan,
Hutmisan, bulbulmisan,
Nolon o`zing, xushhon o`zing.

Bu hayot o`rmon ekan,
Jon borki qasdi jon ekan,
Bunda qatl oson ekan,
Sirtlon o`zing, jayron o`zing.

Mash’ali fikrat seni,
Ham changali vahshat seni,
G`ayratu g`aflat seni,
Javlon o`zing, ulyon o`zing.

Minding ilm darvoziga,
Chiqding nujum osmoniga,
Bu jahon ayvoniga
Arkon o`zing, vayron o`zing.

Zarrani ijod etib,
Dahshat balo bunyod etib,
Atomni ijod etib,
Dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib,
Hayron o`zing, hayron o`zing.

Sen hilol yulduz sari
Tavrot, Zaburdan yuksalib,
Boymisan yoki g`arib,
Kamron o`zing, yakson o`zing.

Kim farangu kim habash,
Irq, qon talash, iymon talash,
Shulmu insondek yashash,
Armon o`zing, afg`on o`zing.

Mamlakatga mamlakat,
Millatga millat bo`lsa qasd,
Qilg`uchi so`ng oqibat,
Armon o`zing, armon o`zing.

Onaizoring zamin,
Tanho yo`g`u boring zamin,
Xasta bemoring zamin,
O`g`lon o`zing, darmon o`zing.

Bag`rida yotquvchi sen,
Ne’matlarin totguvchi sen,
Tig` bo`lib botguvchi sen,
Paykon o`zing, qalqon o`zing.

Kelding olamga demak,
Yetmas uni so`rmak, yemak,
Yerni etmog`ing kerak
Bo`ston o`zing, rizvon o`zing.

So`zga ham poyon bo`lur,
Yozsam yana doston bo`lur,
Rustami doston bo`lur,
Doston o`zing, devon o`zing.

Bo`lmasin subhing qaro,
Bor bo`l mudom borliq aro,
O`zni etgil doimo
Inson o`zing, inson o`zing,

Ey sen Erkin, sen bugun
Yozding dilingdan bir tugun,
Sen kimu ne dahri dun,
Biyron o`zing, nodon o`zing.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Inson o’zing
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 9, 2016