• Sherali Jo'rayev - Ishq istilosi

    Sherali Jo'rayev

    Ishq istilosi

    Ko`ngil mulkini toroj
    Aylagan ishq istilosidir. (x2)
    Na bo`lg`ay oxiri, bu
    Istiloning ibtidosidir, ibtidosidir.

    Degaylar, do`stlikdin
    Boshlanur ishq, aksi ermasmi?
    Biz endi do`st, dedi yor,
    Oh, bu sevgi intihosidir, intihosidir.
    Ko`ngil mulkini toroj
    Aylagan ishq istilosidir, istilosidir.

    Muhabbat sajdagohida
    Sig`indim yor — sanamga man,
    Biling, dinsizlar osiymas,
    Muhabbatsizlar osiydir, osiydir.
    Ko`ngil mulkini toroj
    Aylagan ishq istilosidir, istilosidir.

    Nechun husnu sadoqatni
    Egiz tug`mabdi bu olam?
    Tabiat qasdidir yoki
    Bu ham bitta xatosidir, xatosidir. (x2)
    Ko`ngil mulkini toroj
    Aylagan ishq istilosidir, istilosidir.

    Jafo qil, mayli, ey dilbar,
    Vasl umidin qo`ymag`ay Erkin,
    Yotar yo`lingda bu ko`nglim —
    Bir shirin so`zning gadosidir, gadosidir.
    Ko`ngil mulkini toroj
    Aylagan ishq istilosidir, istilosidir.