Sherali Jo'rayev - Jon qizlar

Sherali Jo'rayev

Jon qizlar

Paxtazorda dur terarsiz, dur o`zingiz, jon qizlar,
Oq oltinning xirmonida gul o`zingiz, jon qizlar,
Oq oltindan osmono`par xirmon etib, jon qizlar,
Paxtazordan Oyga boshlang, yo`l o`zingiz, jon qizlar.
Jon qizlar, jon qizlar.

Barcha ellar jononlari sizdan saboq olishsin,
O`zbek qizin qudratiga barcha qoyil qolishsin,
Vatanimiz ko`ksingizga yulduz taqib qo`yganda
Yerda Oy-u yulduz ko`rib, hayrat ichra qolishsin.
Jon qizlar, jon qizlar.

Paxtazorda dur terarsiz, dur o`zingiz, jon qizlar,
Oq oltinning xirmonida gul o`zingiz, jon qizlar,
Oq oltindan osmono`par xirmon etib, jon qizlar,
Paxtazordan Oyga boshlang, yo`l o`zingiz, jon qizlar.
Jon qizlar, jon qizlar. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jon qizlar
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 24, 2016