• Sherali Jo'raev - Ketma bahor

    Sherali Jo'rayev

    Ketma bahor

    Bahor kelsa boshlanar bog’da bulbul хonishi,
    Sa’va, qumri nag’masi, suralay tovlanishi,
    Qirlarda navro’z sayli, lolalarning yonishi,
    To’xtamay tabiatdan haqqushlar zorlanishi.

    Ketma bahor, ketma, ey, mening bog’imdan,
    Ketma bahor, ketma, ey, mening bog’imdan.

    Qilmishi qing’ir zotga davr qayda, davron qayda,
    Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
    Yolg’iz otga olamda nom qayda, nishon qayda,
    Bahor, sensiz sahroyu tog’u toshga jon qayda?

    Ketma bahor, mening bog’imdan,
    Bahor, ketma mening bog’imdan.
    Ketma bahor, mening bog’imdan-ey,
    Mening bog’imdan.

    Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari?
    Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr toshlari.
    Bu yerda yotar otam yo qir-elatdoshlarim,
    Har bahor eslar uni qavmu qarindoshlarim.

    Ketma bahor, mening bog’imdan,
    Bahor, ketma mening bog’imdan.
    Ketma bahor, mening bog’imdan-ey,
    Mening bog’imdan.

    Ketma bahor, ketma, ey, mening bog’imdan,
    Mening bog’imdan, mening bog’imdan.