Sherali Jo'rayev - Ko'zlarga boqdim

Sherali Jo'rayev

Ko’zlarga boqdim

Ko’zlarga boqdim, aylona tushdim-ey,
Sevgi degan bir daryoga tushdim.
Bahor bog’imda, nihol chog’imda
Tori zulfingga-ey bog’lona tushdim.

Qo’zg’ab yigitlik, tutdim jilovni,
Mindim banogoh, asov ulovni.
Parvoga olmay yuz mingta yovni,
Maydoni ishqqa-ey saylona tushdim.

Ko’zlarga boqdim, aylona tushdim-ey,
Sevgi degan bir daryoga tushdim.

Tutmak jilovni oson emasdur,
Minmak bedovni u bir havasdur.
Yolgi’z sevilmak O’zingga xosdur,
Deya zikringda-ey to’lg’ona tushdim.

Ko’zlarga boqdim, aylona tushdim-ey,
Sevgi degan bir daryoga tushdim.
Bahor bog’imda, nihol chog’imda
Tori zulfingga-ey bog’lona tushdim.

Ko’zlarga boqdim, aylona tushdim-ey,
Sevgi degan bir daryoga tushdim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlarga boqdim
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2016