Sherali Jo'rayev - Men seni sevardim

Sherali Jo'rayev

Men seni sevardim

Ortingdan qarab turganim,
Sen kulsang, birga kulganim, (x2)
Xayolan birga yurganim,
Bilmading, jonim, bilmading,
Bilsang-da, parvo qilmading.

Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim,
Ammo hech ayta olmasdim.

Chashmasiz gulzor ochilmas,
Sevgisiz ash’or bitilmas, (x2)
Ishq borki, dunyo buzilmas,
Angladim, jonim, angladim.

Sevgidan olam farovon,
Sevgidan xonam charog’on, (x2)
Ishqimiz olamda doston
Bo’larmish, jonim, angladim.

Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim,
Ammo hech ayta olmasdim.

Oshiqlar yonimga kelsin,
Poyidan gullar ochilsin,
Ishqimiz oshkora bo’lsin,
Aytayin, jonim, aytayin.

Men seni, seni sevardim,
Men seni, seni sevardim,
Oshkora aytmayin yurardim,
Ammo hech ayta olmasdim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men seni sevardim
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2013