Sherali Jo'rayev - Meni kutgil

Sherali Jo'rayev

Meni kutgil

Meni kutgil {x2} va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg`ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor. {x2}

Xat kelmasdan uzoq yerlardan
Yuragingni qilganida qon,
Sening bilan birga kutganlar
Zerikkandan chekkanda fig`on,
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.

Mayli singlim, ukam, volidam
Aza ochsin men yo`q tufayli.
Kutaverib sabri tugagan
Yoru do`stlar, oshnalar mayli.

Ayroliqqa berolmasdan tob,
Achchiq-achchiq etsinlar xitob.
Ko`zlaringga to`lsa hamki yosh,
Faqat sen kut va ayla bardosh. {x2}

Meni kutgil va men qaytarman,
O`limlarni qoldirib dog`da.
Ishi o`ngdan ketdi desinlar,
Kutmaganlar-ey bizni bu chog`da.

Meni kutgil… {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni kutgil
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2016