• Sherali Jo'rayev - Muhtoj qilmagin

    Sherali Jo'rayev

    Muhtoj qilmagin

    Foniy dunyo, sendan tilagim shudir – {x2}
    Mardingni nomardga muhtoj qilmagin.
    Xazinangdan bergil bandang rizqiga,
    Sen mardni nomardga-yey muhtoj qilmagin. {x2}

    Nomard ko`prigidan o`lsam o`tmasman,
    Karvon bo`lsam, makoniga qo`nmasman,
    Qo`lidan bir piyola choyin ichmasman,
    O`ng qo`lni chap qo`lga muhtoj qilmagin.

    Ey Rahiym, sening karaming zo`rdir,
    Ta’nalik so`z negizi xanjar ham o`qdir.
    Ukaning akaga vafosi ozdir,
    Akani ukaga muhtoj qilmagin.

    Mezbonning mehmonga vafosi ko`pdir,
    Mehmonni mezbonga muhtoj qilmagin.

    Shoir Murod derlar so`zni aytganni,
    O`nta nomard boqolmasmish bitta otani.
    Bitta ota boqar emish yuzta bolani,
    Otani o`g`ilga muhtoj qilmagin.

    Bitta ota boqar emish yuzta bolani,
    Otani o`g`ilga-yey muhtoj qilmagin.
    Mardingni nomardga muhtoj qilmagin,
    Erkakni ayolga muhtoj qilmagin, voyay.