• Qayda ekan mani Nasibam,
    Osmondamu, yerdamu, qayda? (x2)
    Toparmanmi dunyo aylansam
    Yo pinhonmi noma’lum joyda? (x2)

    Qayda ekan mani Nasibam,
    Dengizdamu yoki daryoda? (x2)
    Toparmanmu yaylov aylansam
    Yo tog` qizi – go`zal barnoda? (x2)

    Qayda ekan mani Nasibam,
    Yer qa’riga quloq tutaymu?
    Qo`lga olib qog`oz va qalam,
    Nasibamga doston bitaymu?

    Qayda ekan mani Nasibam,
    Dengizdamu yoki daryoda? (x2)
    Toparmanmu yaylov aylansam
    Yo tog` qizi – go`zal barnoda?

    U yurtimning taqdiri bilan
    Mening umrim qo`shilgan joyda. (x2)