Sherali Jo'rayev - O'ltirur

Sherali Jo'rayev

O’ltirur

Bir ajib bog` ichra janon o`ltirur,
Sochlarin yoyib, shamol o`ynab turur.
Sezmayin qoldi yoniga borganim,
Oh sanam muncha parishon o`ltirur?

Qoshlari oyning o`rog`in eslatar,
Ko`zlari yulduz chirog`in eslatar.
Shul sanamni bilmadim kim o`ylatar,
Barcha gullar shunga hayron o`ltirur.

O`z-o`zicha jilmayib qo`yganda ul,
Yerda oftob nur sochib turganda ul, (x2)
Ushbu damda kimnidur suyganda ul,
Qaddi larzon, zulfi marjon o`ltirur.

Bir ajib bog` ichra janon o`ltirur,
Sochlarin yoyib, shamol o`ynab turur.

Shul sanamni kuygani kelmasmikin,
Yoki oni kutganin bilmasmikin?
Shul sanamni suygani bizmasmikin,
Men bu yonda qancha sarson o`lturur.

Shul sanamni suygani bizmasmikin,
Men bu yonda qancha sarson o`lturur.

Qoshlari oyning o`rog`in eslatar,
Ko`zlari yulduz chirog`in eslatar.
Shul sanamni bilmadim kim o`ylatar,
Qaddi larzon, zulfi marjon o`ltirur.

Bir ajib bog` ichra janon o`ltirur,
Sochlarin yoyib, shamol o`ynab turur.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’ltirur
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016