Onaginam, onaginam,
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.
Chor tarafda shaylanishar va sozlashar tor,
Olcha gulin ko`zlaringga surtasan behol.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Bog`laringda yetilgusi har mevali shox,
Rizqdur bizga rizqqa doim bir ilinjlikdur.
O`g`lonlaring kelar mana ochishib quchoq,
Og`il-qizlar meva kabi bir shirinlikdur.

Onaginam, onaginam,
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlaring ol,
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Onaginam,
O`zing tortma davralardan el chorlaganda,
Tiriklikning bayrami deb sozlaganda tor,
O`zing so`lg`in lablar bilan pichirlaganday:
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Onaginam, onaginam,
Dorilomon kunlar keldi, nurlari yal-yal,
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onaginam
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016