• Sherali Jo'rayev - Oppog'oyim

    Sherali Jo'rayev

    Oppog’oyim

    Oppog`oyim, oq oyim,
    Qarashlaring muloyim. (x2)
    Bunchalar ham nazokat
    Bermish sizga Xudoyim. (x2)

    Daryo suvi tiniqdir,
    Solsam qo`lim iliqdir, (x2)
    Men sevgan ul go`zal yor
    Bunchalar xush qiliqdir. (x2)

    Oppog`oyim, oq oyim,
    Qarashlaring muloyim. (x2)
    Bunchalar ham nazokat
    Bermish sizga Xudoyim. (x2)

    Alamli dil ko`rmasam,
    Birga davron surmasam, (x2)
    Yoningizdan haydamang,
    Bevafolik qilmasam. (x2)

    Oppog`oyim, oq oyim,
    Nadir manim gunohim? (x2)
    Bevafolik etsangiz,
    Jazo berar Xudoyim. (x2)

    Sarvu qadi oq izlar,
    Dudoqlari qirmizlar, (x2)
    Iymoningiz pok bo`lsin,
    Turkistonlik hur qizlar. (x2)

    Oppog`oyim, oq oyim,
    Tole yor bo`lsin doim. (x2)
    Bunchalar ham nazokat
    Bermish sizga Xudoyim. (x2)

    Bunchalar ham nazokat
    Bermish sizga Xudoyim.
    Bevafolik etsangiz,
    Jazo berar Xudoyim.