Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin.

Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni.
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.

Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.

Havasim kelar senga,
Oh, go`zalim, oqqayin, (x2)
Sochlaringni siypalab
Dardim senga aytayin. (x2)

Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.

Bag`ritoshlar bor hali,
Qilmishlari atayin. (x2)
Indamasang, tanangga
Bolta urishi tayin.

Ehtiyot bo`l, qayinjon,
Ular sani kesmasin.
Tanangni yog`och qilib,
Barging xazon etmasin. (x2)

Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin.

Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni.
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.

Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oqqayin
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2016