Sherali Jo'rayev - O'rtada begona yo'q

Sherali Jo'rayev

O’rtada begona yo’q

Ko`yida men tosh boshimni
Urmagan ostona yo`q,
Elda bor shunday masal:
Jon chekmasang, janona yo`q.

Elda bor shunday masal:
Jon chekmasang, janona yo`q.

Sevgi vodiysida menga
Teng bo`lolgay qaysi Qays?!
Ko`nglim ochsam, ikki dunyo
Bu kabi afsona yo`q.

Shahr ichida holatimdan
Kulmagan bir oqilu,
Xilvat ichra menga ulfat
Bo`lmagan devona yo`q.

Xilvat ichra menga oshno
Bo`lmagan devona yo`q.

Ishq g`amin aytsam qalamga,
Ich-etin kuydirdi ul.
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.

Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu, mayxona yo`q.

Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu, mayxona yo`q.

Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor –
O`rtada begona yo`q.

Sen boru men bor, rubob bor –
O`rtada begona yo`q.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’rtada begona yo’q
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2016