• Sherali Jo'rayev - Oshiq bo'ling

    Sherali Jo'rayev

    Oshiq bo’ling

    Hol so`rab kelmang yonimga, avvalo oshiq bo`ling,
    Yoqmang o`t jonu tanimga, avvalo oshiq bo`ling.

    Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling, oshiq bo`ling.

    Ishqsiz odamga dardim so`ylasam ne foydadur,
    Dardimi bilmoqchilar, kimgadur oshiq bo`ling.

    Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling, oshiq bo`ling.

    Ishqsiz bedardlarni ko`rgali yo`q toqatim,
    Yoqmasa, ma’zur tuting bu holatim, oshiq bo`ling.

    Dardsizlik dardidan saqla mani taqdir, yor,
    Umr o`tib qartaymayin, topib nigor, oshiq bo`ling. {x2}

    Gar eshik ochsa kulib sizlarga ham ishq maktabi,
    Bosh qo`yib ostonasiga, men kabi oshiq bo`ling.

    Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling, oshiq bo`ling.
    Oshiq bo`ling, oshiq bo`ling…