• Sherali Jo'rayev - Oshiqlar sardori

    Sherali Jo'rayev

    Oshiqlar sardori

    Bulbullar ichra tinmas zabonman,
    Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
    Agar oshiqlaring o’n mingta bo’lsa,
    Bilgil-ki, alarning sardori menman. {x2}

    Qo’llarim istagi tutmoqlik qo’ldan,
    Istagim totmoqlik labdagi boldan.
    Oshiqlaring kelsa gar mingta yo’ldan,
    Bilgil-ki, eng avval kelgani menman.

    Sevgiga sodiqlik shartini qo’ysang,
    Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
    Agar o’n mingtadan yuzta qoldirsang,
    Bilgil-ki, yuztadan bittasi menman.

    Keksalik degan so’z joy olsa dildan,
    Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
    Har kun gul olsang sen gar o’nta qo’ldan,
    Bilgil-ki, eng avval gul tutgan menman, yosh yoray.

    Falak falakligin qilsa nogahon,
    Sendan yuz o’girsa hatto keng jahon,
    Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon,
    Qolgan shul oshig’ing bilgil-ki menman, yosh yor-a.

    Ko’zlaring bemahal yoshlarga to’lsa,
    Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
    Oshiqlaring agar hech kelmas bo’lsa,
    Marhum ul Rasul Hamzat bilgil-ki menman.

    Bulbullar ichra tinmas zabonman,
    Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
    Oshiqlaring agar o’n mingta bo’lsa,
    Bilgil-ki, alarning sardori menman. {x2}