• Sherali Jo'rayev - O'ynab-o'ynab

    Sherali Jo'rayev

    O’ynab-o’ynab

    O`ynab-o`ynab, o`ynab-o`ynab qiyo boqib,
    Oshiqlarin, ma’shuqlarin o`tga yoqib, (x2)
    Qalbimizda, dilimizda zavq uyg`otib,
    Nozi birla, sozi birla yor o`rtanib. (x2)

    Sozlar chalay navosiga,
    Dardimni ul davosiga, (x2)
    O`ynab kelib qiyo boqsin-a
    Oshig`i mubtalosiga. (x2)

    O`ynab-o`ynab, o`ynab-o`ynab qiyo boqib,
    Oshiqlarin, ma’shuqlarin o`tga yoqib, (x2)
    Qalbimizda, dilimizda zavq uyg`otib,
    Nozi birla, sozi birla yor o`rtanib. (x2)

    Qizil gullar havas qilar,
    Nozaninlar hasad qilar, (x2)
    Qalblar u tomon intilar,
    Qarang parizod o`rtanib. (x2)

    O`ynab-o`ynab, o`ynab-o`ynab qiyo boqib,
    Oshiqlarin, ma’shuqlarin o`tga yoqib, (x2)
    Qalbimizda, dilimizda zavq uyg`otib,
    Nozi birla, sozi birla yor o`rtanib. (x2)

    Yor o`rtanib… {x4}