Ko’z yetmagan ellarda,
O’xshashi bor gullarda,
Kokillari bellarda,
Izlaganim – Parijon,
Noming doim tillarda.

Parijon, Parijon,
Noming doim tillarda.

Sadaf sofligini sendan o’rgansin,
Quyosh iliqligini sendan o’rgansin.
San oshiq ahlining orzusi ersang, Parijon,
Ular oshiqlikni mendan o’rgansin!

Parijon, Parijon,
Ular oshiqlikni mendan o’rgansin!

Tunlar qomatingni o’rasa nurlar,
Qadding ham bo’yningdan silasa hurlar, (x2)
Bog’lanmoq istasa zulfi-zanjirlar, Parijon,
Ular barchasini mendan o’rgansin!

Parijon, Parijon,
Ular barchasini mandan o’rgansin!

Oh Parijon, ular oshiqlikni mandan o’rgansin!

Ushbu qo’shiq matni uchun Ulug’bek Yuldashevga minnatdorchilik bildiramiz

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Parijon
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2015