Sherali Jo'rayev - Qarashlarga

Sherali Jo'rayev

Qarashlarga

Shirin jonim fido bo`lsun o`shal bo`ylab qarashlarga, {x2}
Gahi o`ynab, gahi yayrab, gahi so`ylab qarashlarga. {x2}

Bu ne rohat, deya qalbim nishon o`lmoqqa hozirdur, {x2}
Otish-chun shay bo`lib qoshlar, o`qin joylab qarashlarga. {x2}

Qoshing ostidagi ayyor nishonga oldilar nogoh,
Meningdek notavon shoddir, bu xil siylab qarashlarga.

Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo`lg`usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga. {x2}

Tig`ing yetganda ko`ksimga, ki ko`zlar to`qnashib qolgay,
Nishonga tegdimu yo`qmi, deya o`ylab qarashlarga. {x1+x1}

Muruvvat qilmasang, qalbim yarosi bitmag`ay emdi,
Dilim mushtoq, borurman, deb imo aylab qarashlarga. {x2}

Kel, endi bir visolingga yetay dilxasta oshiqman,
Sababdursan dili yig`lab, tili kuylab qarashlarga. {x2}

Tunu-kun oy-quyosh yanglig` ko`zim ustida bo`l, jonim,
Sabab bo`lma oyu yillab yo`ling poylab qarashlarga.
Sabab bo`lma yo`ling poylab oyu yillab qarashlarga.

Shirin jonim fido bo`lsun o`shal bo`ylab qarashlarga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qarashlarga
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2016