Sherali Jo'rayev - Qatoringda nor bo'lsa

Sherali Jo'rayev

Qatoringda nor bo’lsa

Yuking yerda qolmag`ay, qatoringda nor bo`lsa,
Aro yo`lda qolmaysan, do`stu-yoring bor bo`lsa.
Sevib-sevib olganing go`zal, betakror bo`lsa, {x2}
Oltinu zar ko`rinmas yoningda shu yor bo`lsa. {x2}

Oqibatli qarindosh ajralmagay ming yilda,
Me’roj otang boshida, jannat onang poyida.
Ketsa agar topmassan yuz-ming yilda joyida,
Oyog`idan tut doim, ota-onang bor bo`lsa. {x2}

Belingda kuch borida oilangni shod ayla,
Qo`yningdagi haloling ko`nglini obod ayla,
Farzanding-chun Allohdin baxt tilab faryod ayla,
Inson nomi o`chmagay o`g`il-qizi bor bo`lsa. {x2}

Hisobini bilmasang tijorating mo`l bo`lmas,
O`ylamasdan qo`yilgan qadamlaring yo`l bo`lmas.
Kelinlari tul bo`lmas, o`g`lonlari qul bo`lmas,
Yurt tinchligi buzilmas hukmdori xushyor bo`lsa,
El tinchligi buzilmas hukmdor xushyor bo`lsa.

Vatan deb oh urmakni vatansizdan so`rab ko`r,
Vatanini sotmakni iymonsizdan so`rab ko`r.
Vatanga yov ko`z tiksa, iymoningni sinab ko`r,
Vatan qo`ldan ketmagay o`g`lonlari bor bo`lsa. {x2}

Tangri o`zi bermasa, zar bersangda bor bo`lmas,
Tangri aziz etganlar ikki dunyo xor o`lmas,
Ishlari bekor o`lmas, {x2} nomardlarga zor o`lmas,
Dunyo ko`zga tor o`lmas Tangri madadkor bo`lsa.

Yuking yerda qolmag`ay, qatoringda nor bo`lsa,
Sevib-sevib olganing go`zal, betakror bo`lsa,
Oltinu zar ko`rinmas yoningda shu yor bo`lsa. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qatoringda nor bo’lsa
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2016