• Sherali Jo'rayev - Qayda ko'rganman seni

    Sherali Jo'rayev

    Qayda ko’rganman seni

    Qarab to`ymasman ko`zingga, qayda ko`rganman seni,
    Hech ishonmasman o`zimga, qayda ko`rganman seni?

    Hech ishonmasman ko`zimga, qayda ko`rganman seni,
    Qarab to`ymasman yuzingga, qayda ko`rganman seni?

    Bu kelishgan qomating-u, qoshlaring menga tanish,
    Yuraklarni o`ynatuvchi ko`zlaring menga tanish.

    Dilga ilhom baxsh etuvchi yuzlaring menga tanish,
    Bilolmasdan loldirman, qayda ko`rganman seni? {x2}

    Bul qaro qosh, kiprigu-ko`z bizni chorlaydi nechun,
    Endi bildim, qarab turgan qaro ko`zlarning kuchin.

    Ketolmayman shul uchunmi, aytaqolgin ne uchun?
    Qiynamasdan ayt, dilbarim, qayda ko`rganman seni?

    Qiynamasdan ayt, go`zal qiz, qayda ko`rganman seni?
    Hech ishonmasman ko`zimga, qayda ko`rganman seni?