Sherali Jo'rayev - Qaysi uyning shamidur

Sherali Jo'rayev

Qaysi uyning shamidur

Qaysi uyning sham’idur, qaysi joyda xonasi,
O`rtadi jonni so`rang, kimning erur janonasi?

Bu zamon dinu dilimni xonavayron ayladi,
Bilmadim kimning erur ul munisi hamxonasi.

Qaysi uyning sham’idur, qaysi joyda xonasi…

Lablarining bodasi hargiz labimdan ketmasin, {x2}
Kimga so`z bermish vafodor, ishq to`la poymonasi.

Bu saodat sham’ining azmi erur kimga nasib,
Siz go`zal yuzdan so`rang, kimdur uning parvonasi? {x2}

Har kishi afsun bilan tortmoqchi, ammo bilmadi,
Tortadur nozik dilim, kimni qiziq afsonasi?

Yora ul oy yuzli yulduz chehrali oliy nishon
Qaysi konning gavhari, kimning erur durdonasi?

Qaysi uyning sham’idur, qaysi joyda xonasi?
Siz go`zal yuzdan so`rang, kimdur uning parvonasi?

Qildi ichmasdan labini bodasi dilni qaro,
Kimga ulfat kim erur, ham kosa ham paymonasi?

Ohkim hofiz dilim devonadur sansiz dedim,
Sho`x tabassum birla bu kimning dedi devonasi. (x2)

Qaysi uyning sham’idur qaysi joyda xonasi,
O`rtadi jonni so`rang, kimning erur janonasi? {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaysi uyning shamidur
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 30, 2016