Sherali Jo'rayev - Qoshi kamon

Sherali Jo'rayev

Qoshi kamon

Egibdi qaddimni, tilib bag`rimni,
Egibdi qaddimni, tilib bag`rimni,
Bir kiprigi o`qli, qoshi kamonli,
Qoshi kamonli, qoshi kamonli.

Xiromon yurishli, nozli imoli,
Bir Ka’ba ziyorat, qiblanamoli,
Bir pari suvratli, malaksiymoli,
Bir jannat eshikli, a’lo makonli,
A’lo makonli.

Ko`zlari jon olar, jallod sarvimast,
Ko`zlari jon olar, jallod sarvimast,
Boqishi shiddatli, g`amzasi qonli,
G`amzasi qonli, g`amzasi qonli.

Xiromon yurishli, nozli imoli,
Bir Ka’ba ziyorat, qiblanamoli,
Bir pari suvratli, malaksiymoli,
Bir jannat eshikli, a’lo makonli,
A’lo makonli.

Bir nozik kamonli, bir nozik ishli,
Gap-so`zlari shirin, shakar kulishli,
Bir xumor boqishli, durdona tishli,
Bir javohir so`zli, sadaf dandonli,
Sadaf dandonli.

Xiromon yurishli, nozli imoli,
Bir Ka’ba ziyorat, qiblanamoli,
Bir pari suvratli, malaksiymoli,
Bir jannat eshikli, a’lo makonli,
A’lo makonli. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qoshi kamon
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 31, 2016