• Sochlaringni sariqqa bo’yab nima qilasan,
    Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
    Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
    Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?

    Hasrat to’la so’zga so’z ulab nima qilasan,
    O’zingnida manida qiynab nima qilasan?
    Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
    Qayda vafo bormi deb so’rab nima qilasan?

    Daryo suvi oqarmu qor yog’masa tog’larg’a,
    Gullar kulib boqarmu san kelmasang bog’larg’a?
    Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
    Ishqdan boshqa davo yo’q ko’ksimdagi dog’larg’a.
    Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan-ey –
    Sendan boshqa davo yo’q ko’ksimdagi dog’larg’a.

    Sochlaringni sariqqa bo’yab nima qilasan,
    Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
    Qaro ko’zli sanamjon, o’zing yaxshi bilasan –
    Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?
    Qaro ko’zli sanamjon-ey, o’zing yaxshi bilasan –
    Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan?

    Ko’ksimdagi dardimni so’rab nima qilasan? (x2)