• Sherali Jo'rayev - San'atdagi imkonimiz

    Sherali Jo'rayev

    San’atdagi imkonimiz

    Kimlargadir havas bizning shuhratimiz-shonimiz,
    San’atdagi mahorat-u bu qadar imkonimiz.
    Kimlargadir kerak biling, yolg`izgina jonimiz,
    Yerni Ona Quyosh misli doyalarga o`xshating.

    Kimlargadir kerak biling, yolg`izgina jonimiz,
    Yerni Ona Quyosh misli doyalarga o`xshating.

    Asrlarning qa’ridan kuy-ohang kelar kalon o`qib,
    Bobur yig`lar simlar aro olis Hindudan boqib,
    Nodiraning armon to`la misrasiga o`t yoqib,
    Bizni hech kim aytolmagan nolalarga o`xshating.

    Nodiraning armon to`la misrasiga o`t yoqib,
    Bizni hech kim aytolmagan nolalarga o`xshating.

    Yurakda ishq, go`zal armon, olislarda nigohlar,
    Keskir qilich ohang esa yurak-bag`rim tarog`lar. (x2)
    Tebransangiz, tomchilardan yaltirasa dudoqlar,
    Bizni o`sha burgut qo`ngan qoyalarga o`xshating.

    Tebransangiz, ko`z yoshlardan yaltirasa dudoqlar,
    Bizni o`sha burgut qo`ngan qoyalarga o`xshating.

    To`rg`aymisol yeru ko`kdan ilhom olganda qolgan,
    Ko`kka ochib ko`ksin zimdan, Ona Yerga qaytolgan,
    Yuz yilda bir tug`ilarmish el dardini aytolgan,
    Ayta olsak, eng pokiza g`oyalarga o`xshating.

    Yuz yilda bir tug`ilarmish el dardini aytolgan,
    Ayta olsak, eng pokiza g`oyalarga o`xshating.

    Ko`ksim uzra urilib, aks-sado berar qo`shiqlar,
    Olam uzra taralarkan, unga yo`qdir to`siqlar.
    Olis yo`ldan karvon kelar, tinglang, do`sti sodiqlar,
    Qo`shiqni siz oq tongda oq soyalarga o`xshating.

    Olis yo`ldan karvon kelar, tinglang, do`sti sodiqlar,
    Qo`shiqni siz oq tongda oq soyalarga o`xshating.
    Kimlargadir kerak biling, yolg`izgina jonimiz,
    Yerni Ona Quyosh misli doyalarga o`xshating.