Sherali Jo`rayev - Siz uni odam demang

Sherali Jo'rayev

Siz uni odam demang

Siz uni odam demang, ko`nglida himmat bo`lmasa,
Balki iymoni xatardir, unda g`ayrat bo`lmasa.

Xotami Tay kofir erdi, kuymadi do`zaxda ul,
Kuydurur erdi Egam, unda saxovat bo`lmasa.

Foniy dunyodan laxadga, dast xoli bormagin,
Ne qilur Egam seni, tavbang ijobat bo`lmasa.

El aro rasvo bo`lmasa, deb Xaziniy g`am yema,
Kim qolur kelgan saodatga, malomat bo`lmasa.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Siz uni odam demang
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2016