Sherali Jo'rayev - Sohibqiron

Sherali Jo'rayev

Sohibqiron

Turkiy elim, sen azaldan buyuk eldursan, {x2}
Chunki senda qismati bor sohibqironning.
Mehmonnavoz qo’li ochiq, ochiq dildursan,
Chunki senda himmati bor sohibqironning,
Senda buyuk hislati bor sohibqironning. {x2}

Amir Temur tug’ilgan el turkiy barlosdur,
Eron, Yorun, Xitoy, Hinddan butkul xalosdur,
Turku uyg’ur, totor, chuvosh, urug’ xokosdur,
O’zbek, qirg’iz, qozoq, turkman turkiyga xosdur,
To’qson ikki elati bor sohibqironning.

Allohga qul Muhammadni rasul bilgan el,
Amir Temur davlatida toshib to’lgan el,
Temur o’tgach har tarafga to’zib ketgan el,
Ushbu kunda o’zligini anglab yetgan el,
O’zbek degan millati bor sohibqironning.

Temur o’tgach har tarafga to’zib ketgan el,
Bugun kelib o’zligini anglab yetgan el,
O’zbek degan millati bor sohibqironning.

Temurdan so’ng saltanatni buzdilar uzoq, {x2}
Turkiylarning ko’ksida bu alamli bir dog’.

Temurdan so’ng saltanatni buzdilar uzoq,
Turkiylarning ko’ksida bu alamli bir dog’.
Lekin Temur saltanatin poydevori sog’,
Dilni poklab poydevorga g’isht qo’ying oppoq.

Lekin Temur saltanatin poydevori sog’,
Dilni poklab poydevorga g’isht qo’ying oppoq.
Shunday buyuk davlati bor sohibqironning. {x2}

Minoralar Temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonning sarhadidandur. (x2)
Alisher ham Temuriylar avlodidandur, {x2}
Sherali ham uning buyuk davlatidandur.
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning, {x2}
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sohibqiron
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2015