Sherali Jo'rayev - To'kilmish

Sherali Jo'rayev

To’kilmish

Ajdarga o`xshatdim soching uchini, {x2}
To`lqinlanib beli-yoningga to`kilmish. {x2}
Qandi-novvot, shahdu shakar musaffo {x2}
Tillaringdan lab xolingga to`kilmish. {x2}

Sen chiqsang mastona davlatxonadan,
Ko`zlaring jon olar men devonadan, (x2)
Har o`rim sochlaring necha donadan
U yonigga, bu yoningga to`kilmish. (x2)

Naqadar go`zalsan, ey gulixandon,
Senga qurbon o`lsin hur ila g`ilmon, (x2)
Yuz Zulayho, yuz ming Yusufi Kan’on,
Qul bo`lay deb maydoningga to`kilmish. (x2)

Ajdarga o`xshatdim soching uchini, {x2}
To`lqinlanib beli-yoningga to`kilmish. {x2}
Qandi-novvot, shahdu shakar musaffo {x2}
Tillaringdan lab xolingga to`kilmish. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
To’kilmish
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Mulla Panoh Voqif
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2016