• Fikr qil, hushing bilan yur, rahnamo ham topilur,
    Majlis aro bo`lmamish, ahvoli bejo topilur.
    Qomati zebo sanam, nozik ado ham topilur,
    Izlasang astoydil, mard oshno ham topilur. {x2}

    Hurmatingni qilmasa, o`zingcha to`rga chiqmagil,
    Minnat ahli oshini ochingdan o`lsang yemagil. (x2)
    Lavhai, lavhai dilni tuzat, do`st topilmas demagin,
    Izlasang astoydil, mard oshno ham topilur,
    Izlasang astoydil, har muddao ham topilur.

    Fikr qil, hushing bilan yur, rahnamo ham topilur,
    Majlis aro bo`lmamish, ahvoli bejo topilur.
    Qomati zebo sanam, nozik ado ham topilur,
    Izlasang astoydil, har muddao ham topilur. {x2}

    Sen o`zing yorga vafo qilmoqda bo`lsang barqaror,
    Qo`y havas, fikri buzuqlar ta’nasiga qilma or.
    Chin mard bo`lsang agar, qilma so`zing bee’tibor,
    Har kimning peshonasiga bitgan bir bandi bor,
    Bevafolik qilmasang, ahli vafo ham topilur.