Sherali Jo'rayev - Toshkanli qizcha

Sherali Jo'rayev

Toshkanli qizcha

Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor,
Shu shaharda bir qizchaning ta’rifi bor,
Unga oshiq bo`lib yurar bir bo`z yigit,
Ikkisining, aytsam, qiziq tarixi bor.

Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor,
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor.

Ul qizchaning qoshi qalam, ko`zi suzuk,
Yigit aytar: “Taqsam shunga tillo uzuk”.
Ko`rib qolsa, xo`rsinadi, til boylanar,
Ayta olmas ammo unga so`z ham tuzuk.

Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor,
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor.
Unga oshiq bo`lib yurar bir bo`z yigit,
Ikkisining, aytsam, qiziq tarixi bor.

Qiz ham asta xo`rsinadi, urar yurak,
Bo`z yigit ham o`sib qolgan misli terak.
Qiz o`ylaydi: “Esiz, esiz shunday yigit,
Indamaydi, tili chuchuk bo`lsa kerak.”

Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor,
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor.

Ul qizchaning yuzlari ham olmagina,
Halal bermay so`zlarimni tinglagin-a.
Ko`rib qolsang, orqasidan aqling ozib,
Bizlar kabi oshiq bo`lib yurmagin-a.

Oqar suvning o`z jilg`asi, arig`i bor,
Toshkanli bir qizchaning ta’rifi bor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Toshkanli qizcha
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2016