Sherali Jo'rayev - Tushimda ko'rsam edi

Sherali Jo'rayev

Tushimda ko’rsam edi

(Muntazirdurman qachonkim kelsa janon o`rgilay,
Boshidin yuz yo`l tasadduq aylabon jon aylanay.

Mehri ruxsoringni sog`indim, qarorim qolmadi,
Zarradek boshingdin, ey xurshidi dovon, aylanay.

Kel, xirom aylab, qadam qo`yg`il ko`zim gulzorig`a,
Qaddu raftoringdin, ey sarvi xiromon, aylanay.)

Nigori gulbadanimni tushimda ko`rsam edi, {x2}
Labi shirin shakarimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Ko`z ochmayin g`amida ro`zg`orim o`tkuvchidur, {x2}
Ki yori siym-tanimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Ki dardi rohatim o`tdi, zim saodat o`tmidi,
Murodu jonu tanimni tushimda ko`rsam edi.

Yuzi gul, qoshi shamshod, ko`zlari nargiz,
Bahori yosumanimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Labimg`a keldi oning vaslini izlab jonim,
Balo o`ti ekanimni tushimda ko`rsam edi.

Hamisha bulbuli ta’bim fig`onu zor etar, {x2}
Ki orazi chamanimni tushimda ko`rsam edi. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tushimda ko’rsam edi
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 15, 2016