Sherali Jo'rayev - Umr o'tmoqda

Sherali Jo'rayev

Umr o’tmoqda

Esiz-esiz bolalikni qoldirib ortda,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.
Qoldirib, qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o`tmoqdadir daryo misoli.

Qoldirib, qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o`tmoqdadir daryo misoli.

Har sahar to`rg`aydan avval uyg`onib,
Chamanlar yaratish ishqida yonib,
Ko`cha-guzarlardan ko`ngul dog`lanib,
Dilni buzarlardan ko`ngul dog`lanib,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Ba’zan, ba’zan boy berilib bebaho onlar,
Bekor o`tgan damga ko`ngul ezilar,
Ba’zan g`olib kelib tulkisimonlar, {x2}
Umr o`tmoqdadir, daryo misoli.

Dengizdek mavj urib, qirg`oqdan toshib,
Yurar yo`limizdan ba’zan adashib,
Kimlar bilandir zimdan mansab talashib,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

O`rinsiz nolayu navozish bilan,
Ba’zan g`am-tashvish ham honish bilan,
Kimlargadur asta chox qazish bilan, {x2}
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Keksalik mo`ralab eshik qoqmoqda,
Bolalik qaytadan qaytarilmoqda. (x2)
Bizdan erta kunga nelar qolmoqda? {x2}
Umr o`tmoqdadir daryo misoli.

Mard bilan nomardning farqiga bormay,
Yaxshi-yomonni ham ajrata olmay,
Sevgan yorlarimiz qadriga yetmay,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda.

Sevgan yorlarimiz qadriga yetmay,
Umr o`tmoqdadir daryo misoli.

O`lmas sozdan so`ylab tugatolmasman,
O`chmas izdan so`ylab tugatolmasman,
Mangulikdan so`ylab tugatolmasman,
Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda,
Umr o`tmoqdadir, daryo misoli.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umr o’tmoqda
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2016