Hijron hokim bu dunyo asli bir kam yaralgan,
Nahot bir muhabbatga ming bir hakam yaralgan?

Baxt yarim, qayg`u yarim, ayt ne bekam yaralgan, {x2}
Nahotki ezgulikning ko`zlari nam yaralgan?

Momo Havo mehridan shu buyuk g`am yaralgan,
G`unchani yaprog`idin tongda shabnam yaralgan.

Visol hakim dardima, ishqdin malham yaralgan,
Zor bedor tunlaringda she’r ila sham yaralgan. (x2)

Nur ila sham yaralgan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yaralgan
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2016