• Sherali Jo'rayev - Yor topolmaysan

    Sherali Jo'rayev

    Yor topolmaysan

    Bo`yingga munosib yor topilganda,
    Ko`nglingga munosib yor topolmaysan.
    Ko`nglingga munosib yor topilganda,
    Bo`yingga munosib yor topolmaysan.

    Bo`lsa u gul yuzli, so`zlar muloyim,
    Ko`rganlar aytsalar, u – shu guloyim,
    Shundayin hur qizni bersa Xudoyim,
    Shu malak yonidan hech ketolmaysan.

    Sarvdek sollanib yoningda tursa,
    So`zing shamoliga bosh egib qo`ysa,
    Yomon so`zingni ham yaxshiga yo`ysa,
    Uning xizmatidan bosh ololmaysan.

    Sadqalar shirin jon axir u uchun,
    Yigit go`zal uchun, qiz yigit uchun.
    Ikki dil pokligi oila uchun,
    Buningsiz lazzatli hayot qurolmaysan.