Sherzod Bek - Dildor biladi

Sherzod Bek

Dildor biladi

Dilimni dildor biladi,
Ul ko’zi xumor biladi, (x2)
Bilgani qursin uning-ey,
Sevgini ozor biladi. (x2)

Bog’ni arolab keladi,
Suvni yaqolab keladi, (x2)
Kutganimni bilib yana
Kunni qarolab keladi. (x2)

Bog’imizning anori bor,
Yorginamning dutori bor, (x2)
Anordayin xun yurakka
Qo’shig’ining madori bor. (x2)

Bog’ni arolab keladi,
Suvni yaqolab keladi, (x2)
Kutganimni bilib yana
Kunni qarolab keladi. (x2)

Suv kelar dovoni bilan,
Aylanib sayxoni bilan, (x2)
Suv bo’yida yor yelpinar,
Qo’lida rayhoni bilan. (x2)

Bog’ni arolab keladi,
Suvni yaqolab keladi, dod, (x2)
Kutganimni bilib yana
Kunni qarolab keladi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dildor biladi
Xonanda:
Sherzod Bek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2014