Sherzod Bek - Sog'inch

Sherzod Bek

Sog’inch

Yuragim ichra mangu,
Vasling go’zal bir orzu.
Armonlarda qoldimmu,
Xayollarda toldimmu?

Eslab shahlo ko’zingni,
Aytgan shirin so’zingni,
Seni kutaman hamon,
Sog’inching qo’ymas omon.

Sog’inching qiynar meni,
Yo’qdir xabaring seni.
Nahot sevgi bu qayg’u?
Yo beshafqat bu tuyg’u.

Ishonaman men senga,
Bo’lmagin armon menga.
Yoridan kelsa jafo,
Oshiqqa vafo ravo.

Eslab shahlo ko’zingni,
Aytgan shirin so’zingni,
Seni kutaman hamon,
Sog’inching qo’ymas omon.

Yuragim ichra mangu,
Vasling go’zal bir orzu.
Nahot sevgi bu qayg’u?
Yo beshafqat bu tuyg’u.

Yuragim ichra mangu,
Vasling go’zal bir orzu.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inch
Xonanda:
Sherzod Bek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 22, 2014