• O`o`-o`o`-o`… {x4}

    Arslon na’ra tortsa, nafas ololmas bo`ri,
    Arslon na’ra tortsa, qurir shoqolning sho`ri.
    Egilsang tuproqman, kerilsang osmonman,
    Tanib ol na’ramdan – men arslonman, ha,
    Men arslonman!

    Arslon na’ra tortsa, to`fon yolin tarar,
    Xatar sezmas o`rmon, ummonlar ham yayrar.
    Arslon na’ra tortsa, zir titraydi samo ham,
    Shoqol-u tulkining poyi bo`lar nam.

    Yo`limni to`sma, ey ko`ngli qora zot,
    Nahot bo`ronning ham yo`lin to`ssalar?
    So`ngra alam bilan ko`tarma faryod,
    Qurgan kapachangni buzib ketsalar.

    Arslon na’ra tortsa, makring o`tmas yolg`on,
    Oshkor bo`lar haqiqat, kuning bitar yomon.
    Men ham na’ra tortarman, tortmasman ammo atay,
    Netay zotim arslon, naslim sher bo`lsa netay?

    Arslon na’ra tortsa, nafas ololmas bo`ri,
    Arslon na’ra tortsa, qurir shoqolning sho`ri.
    Egilsang tuproqman, kerilsang osmonman,
    Tanib ol na’ramdan – men arslonman, ha,
    Men arslonman!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.