• Shohjahon Jo'rayev - Chekka bir qishloq

    Shohjahon Jo'raev

    Chekka bir qishloq

    Chekka bir qishloqning chekka uyida
    Sumbul sochlarini tarab o`rgan qiz,
    Kunduzlari yashab visol ko`yida,
    Tungi tushlarida meni ko`rgan qiz. (x2)

    Quralay ko`zlaring, qorachiqlaring,
    Bir zum xayollarda qolsa netasan? (x2)
    Seni o`z holiga qo`ymaydi bari,
    Jonginam, bosh olib qayga ketasan? (x2)

    Chekka bir qishloqning chekka uyida
    Sumbul sochlarini tarab o`rgan qiz,
    Kunduzlari yashab visol ko`yida,
    Tungi tushlarida meni ko`rgan qiz.

    Poyonsiz dengizda to`lqinlar aro
    Ko`rinmas qirg`oqqa qarab suzmayman,
    Ey, mening qalbimga aylangan dunyo,
    Sening visolingdan umid uzmayman.

    Ey, mening qalbimga aylangan dunyo,
    Sening visolingdan umid uzmayman.

    Chekka bir qishloqning chekka uyida
    Sumbul sochlarini tarab o`rgan qiz,
    Kunduzlari yashab visol ko`yida,
    Tungi tushlarida meni ko`rgan qiz. (x2)