• Shohjahon Jo'rayev - Do'ndiqqina

    Shohjahon Jo'raev

    Do’ndiqqina

    Bir qamar siymoni ko`rdim, {x2} oh dilrabo, do`ndiqqina.
    Nozli fatton ko`zlari voh-voh balo, do`ndiqqina.

    Tishlari inju bilan to`lgan sadaf, dur shodasi,
    La’li lablar qontalash, dilkusho do`ndiqqina. {x2}

    Sochlari soydir aning, ham qoshlari yoydir aning,
    Zavqim uyg`ondi maning, subhi sabo do`ndiqqina.

    Tutsam-u qo`llaridan, quchsam yonib bellaridan,
    Bol ichib tillaridan, sursam safo do`ndiqqina. {x2}

    Bir qamar siymoni ko`rdim, bir qamar siymoni ko`rdim,
    Voh dilrabo, do`ndiqqina.

    Jon tugib zulfiga-yo, aylaymi tongimni qaro,
    Turfa dilbarlar aro qilsa jafo, do`ndiqqina.

    Bulbuli shaydo o`zim, ham shoh-u, ham gado o`zim,
    Oshig`i ado o`zim, boqmas qiyo do`ndiqqina. {x2}

    Lo`ppi-lo`ppi yuzlari, dardga davodir so`zlari, {x2}
    Gulbadandir o`zlari, nozik ado, do`ndiqqina. {x2}

    Bir qamar siymoni ko`rdim, bir qamar siymoni ko`rdim
    Voh dilrabo, do`ndiqqina, voh-voh balo, do`ndiqqina.