Shohjahon Jo'raev - Farishtaginam

Shohjahon Jo'raev

Farishtaginam

Sendan olislarda bo’ldim ne bo’lsam,
Seni yig’latguncha bo’lmasmu o’lsam?
Bir umr bag’ringni baxtga to’ldirsam,
Yig’lama, yig’lama, yig’lama o’zimning farishtaginam.

Men uchun g’am yutding, ko’zlaringda nam,
Ne darddan ko’zlaring ma’yus buncha ham? (x2)
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yig’lama o’zimning farishtaginam.

Hayot yo’llarida qoqildim bilmay,
Sening sof sevgingni ko’zlarim ko’rmay.
Aytgil, gunohimni men qanday yuvay?
Yig’lama o’zimning farishtaginam.

Noshudman, qadringni bilmadim, kechir,
Holing ne deb bir bor so’rmadim, kechir.
Olddan oqqan suvni ko’rmadim, kechir,
Yig’lama o’zimning farishtaginam.
Men uchun g’am yutding, ko’zlaringda nam.

Jondan kechganimdir sendan kechganim,
Yodimda sevgimga qasam ichganim.
Yetar, mani yig’laganlarim,
Yig’lama o’zimning farishtaginam.

Men uchun g’am yutding, ko’zlaringda nam,
Ne darddan ko’zlaring ma’yus buncha ham? (x2)
Baxtning saroyiga birga boramiz,
Yig’lama o’zimning farishtaginam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farishtaginam
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 7, 2014