Hijron vujudim chaqar,
O’kinchlar ko’ksim yoqar,
Ko’zimdan yomg’ir yog’ar,
Sani eslab, oh sani eslab. (x2)

Yoshlik asli bir davron,
Ruhimda kezar to’zon,
Socharman dilga xazon,
Sani eslab. (x2)
Sani eslab.

Qalbni o’rtar afsuslar,
Nigohim sani izlar,
Ko’zyoshlarim yulduzlar,
Sani eslab. (x2)
Sani eslab.

Omonmisan Gulnora,
Yurak bag’rim ming pora,
Ko’rgim kelar bir bora,
Gulnora. (x2)

Sog’inch – ishq sababi,
Nafrat – sevgi g’azabi,
Yig’laysanmi man kabi,
Mani eslab? (x2)
Mani eslab.

Hijron vujudim chaqar,
O’kinchlar ko’ksim yoqar,
Ko’zimdan yomg’ir yog’ar,
Sani eslab, oh sani eslab.

Hijron vujudim chaqar,
O’kinchlar ko’ksim yoqar,
Ko’zimdan yomg’ir yog’ar,
Gulnora, hay, Gulnora.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulnora
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 24, 2015