Xat bitibsan, tushlaringga kirdim nahot,
Tun oralab meni pinhon izladingmu?
Qorda qolgan atirgulday kutib najot,
Yana sevib qolishimni istadingmu?

Ey, manim dardli boshim,
Dil yig`laydi – kular qaroshim. (x2)
Qalbni o`zga band etganda, qalamqoshim,
Yana sevib qolishimni istadingmu? (x2)

Tun oralab meni pinhon izladingmu?
Yana sevib qolishimni istadingmu? (x2)

Ishq bog`ida birga kezib kulolmadim,
Sevarmiding-sevmasmiding, bilolmadim.
Sendan kechdim – yasholmadim-o`lolmadim-ey,
Yana sevib qolishimni istadingmu?
Yana kuyib qolishimni istadingmu?

Tun oralab meni pinhon izladingmu?
Yana sevib qolishimni istadingmu? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Istadingmu
Xonanda:
Shohjahon Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017